"O'zkimyosanoat" AJ

“O‘zkimyosanoat” AJ jamoasi Gimnastrada festivalida faol ishtirok etdi

// 13 May 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-jamoasi-gimnastrada-festivalida-faol-ishti

7-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi tomonidan “15-may – “Xalqaro oila kuni” va “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovini nishonlash maqsadida, vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida Gimnastrada festivali bo‘lib o‘tdi.

Ushbu festivalda “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati o‘tgan yildagi kabi faol ishtirok etdi. Bu borada, tizim korxonasi – “Maхam-Chirchiq” AJning 10 nafar ayollari Jamiyat jamoasi sifatida munosib qatnashdi va “Eng yaxshi musiqa hissi uchun” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

“Maхam-Chirchiq” AJ Matbuot xizmati