"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ ishchi guruhi ogʻir toifaga kiritilgan mahallalarda oʻrganish ishlarini olib bordi

// 20 June 2025 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-ishchi-guruhi-og-ir-toifaga-kiritilgan-mah

Prezidentimizning “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PQ–330-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan biriktirilgan hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy kunlarda Jamiyat ishchi guruhi Fargʻona viloyati Yozyovon tumanidagi ogʻir toifaga kiritilgan “Suvliariq“, “Yangiobod“ va “Ishtirxon“, Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja Porso“ mahallalarida oʻrganish ishlarini olib bordi.

Tashrif davomida mazkur mahallalarda aholining ish bilan bandligini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, shuningdek, infratuzilmaviy loyihalar — ariqlarni betonlashtirish, elektr tarmoqlarini yangilash va boshqa muhim yoʻnalishlar boʻyicha bajarilgan ishlar oʻrganildi. Jumladan, mahallalardagi muhtoj oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar va chora-tadbirlarning samaradorligi monitoring qilindi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ mazkur hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada samarali va tizimli tashkil etishda hamkorlikni davom ettiradi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati