"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ “Davlat tilida ish yuritish boʻyicha eng namunali vazirlik-idora” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi

// 15 December 2023 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-davlat-tilida-ish-yuritish-bo-yicha-eng-na

“Oʻzkimyosanoat” AJ  “Davlat tilida ish yuritish boʻyicha eng namunali vazirlik-idora” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi 

Bugun “Turkiston” sanʼat saroyida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Ahamiyatlisi, tanlovda “Oʻzkimyosanoat” AJ “Davlat tilida ish yuritish boʻyicha eng namunali vazirlik-idora” nominatsiyasida gʻolib boʻldi va 8 mln soʻmlik kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi. Mukofotni “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining maslahatchisi Sanobar Abduraxmanova qabul qilib oldi.   

Jamiyatimiz va tizim korxonalari davlat tilimizning mavqeini yuksaltirishda va bu ishda namuna boʻlishda davom etadi.