"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi bir guruh yoshlar bilan uchrashdi

// 16 May 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-boshqaruvi-raisi-bir-guruh-yoshlar-bilan-u

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Timur Muxamedjanov bir guruh yoshlar bilan uchrashdi

Uchrashuvda tarmoq korxonalari yoshlar masalalari boʻyicha boshqaruvi raisi maslahatchilari, yosh mutaxassislar hamda D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent filiali talabalari ishtirok etishdi.

Maʼlumot uchun: hozirda tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar soni 5193 nafarni tashkil etadi. Shulardan 3417 nafari erkak, 1776 nafari qizlar. 70 nafar yosh mutaxassis rahbar lavozimida faoliyat yuritadi. 

Boshqaruv raisi jamiyat faoliyatida yosh mutaxassislarning oʻrni haqida alohida taʼkidlab oʻtdi. Yosh kadrlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, salohiyatli mutaxassislarning malaka va tajribasini oshirish maqsadida Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtaldi. 

Xususan, yosh kadrlar malakasini oshirish boʻyicha “Oʻzkimyosanoat” AJning  xorijiy kompaniyalar bilan samarali hamkorligi haqida ham maʼlumot berildi. 

Uchrashuvda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi, mutaxassislarni ragʻbatlantiruvchi turli intellektual va kasbiy koʻrik-tanlovlarni tashkil etish borasida oʻz takliflarini bildirishdi.  

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati