"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ bo‘lim boshlig‘i oilasi “Ibratli oila” nishoni bilan taqdirlandi

// 16 May 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-bo-lim-boshlig-i-oilasi-ibratli-oila-nisho

Oila — jamiyatning mustahkam tayanchi, inson qalbi va tarbiyasining ilk maskanidir. Mehr-oqibat, sadoqat va o‘zaro hurmat kabi ezgu qadriyatlar aynan oilada shakllanadi.



Yurtimizda oilalar farovonligini ta’minlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Namunali va mustahkam oilaviy qadriyatlarni targʻib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 437-son qarori asosida “Ibratli oila” nishoni ta'sis etilgan. 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ bo‘lim boshlig‘i Abduhomid Salomov oilasi “Ibratli oila” nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur yuksak e’tirof oilada o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini shakllantirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash, farzandlar tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda jamiyatda ibrat bo‘layotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida beriladi.



“Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi Salomovlar oilasini ushbu munosib e’tirof bilan samimiy tabriklaydi hamda oilaviy baxt va farovonlik tilaydi.