"O'zkimyosanoat" AJ

Oʻquv seminari boʻlib oʻtdi

// 11 June 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-quv-seminari-bo-lib-o-tdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashabbusi bilan “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish va “komplayens-nazorat” tizimini samarali joriy etish” mavzusida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.  

Mazkur xalqaro seminarda davlat idoralari va vazirliklari, mahalliy hokimiyat organlari hamda davlat ulushi 50 foizdan koʻp boʻlgan tashkilotlarning 130 dan ortiq korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari masʼul xodimlari ishtirok etishdi. 

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-sonli qaroriga muvofiq, 2023-yilgi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi” natijalari boʻyicha “Oʻzkimyosanoat” AJ 90 ball bilan “yaxshi” sifatida baholangan va 3-oʻrinni qayd etgan.  

“Oʻzkimyosanoat” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Jamshid Zikirov Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasini ommalashtirish maqsadida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha ishtirokchilarga maʼruza qildi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Oʻquv seminari yakunida Agentlik rahbariyati tomonidan maʼruzachilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. 

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati