“Navoiyazot” AJ va Yaponiyaning «Mitsubishi Heavy Industries» i «Mitsubishi Corporation» kompaniyalari o'rtasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasini qurish bo'yicha “foydalanishga to'liq topshirish” sharti bilan kontrakt imzolandi.
Joriy yilning iyun oyida “Navoiyazot” AJ va Yaponiyaning «Mitsubishi Heavy Industries» i «Mitsubishi Corporation» kompaniyalari o'rtasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasini qurish bo'yicha EPCC (loyihalashtirish, uskuna sotib olish, qurish va foydalanishga topshirish) sharti bilan kontrakt imzolandi.
Imzolangan kontrakt shartlariga binoan yiliga 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid ishlab chiqarish va dunyoning yetakchi litsenziarlar texnologiyalarni joriy etish ko'zda tutilgan. Jumladan, ammiak bo'yicha - Daniyaning «Haldor Topsøe» va karbamidni sintez qilish va donalashtirish bo'yicha Italiyaning «Saipem» hamda Gollandiyaning «Uhde Fertilizer Technology» uskuna-jihozlar jalb etiladi.
Loyihani moliyalashtirish manbalar etib O'zbekiston taraqqiyot va tiklanish jamg'armasi kredit resurslari va korxonaning o'z mablag'lari belgilangan. Yapoyaning xalqaro hamkorlik banki(JBIC) kreditlarini jalb etiщ masalasi ustida ham ish olib borilmoqda.
2015 yil 21 iyulda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlar to'g'risida” Qarori qabul qilindi. Unda loyihani o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida bir qator imtiyozlar va tegishli choralar ko'zda tutilmoqda.
Loyihani amalga olirish va u to'liq quvvatiga chiqish natijasida “Navoiyazot” korxonasida mineral o'g'itlar ishlab chiqvarish uchun ammiak va karbamid barqaror chiqarilishi ta'minlanadi hamda ma'nan va jismonan eskirib ketgan ammiak quvvatlarini foydalanishdan chiqariladi. Shu bilan birga ammiak ishlab chiqarish uchun energiya sarfi kamaytirilib, yiliga 100 mln dollardan ortiq mahsulot eksport qilinadi va qo'shimcha 473 yangi ish o'rni yaratiladi.