"O'zkimyosanoat" AJ

"Navoiyazot" AJ boshqaruvi raisi transport xodimlari murojaatlarini o'rgandi

// 14 September 2023 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/navoiyazot-aj-boshqaruvi-raisi-transport-xodimlari-murojaatlarini-o-rgandi

“Navoiyazot” AJ boshqaruv raisi bugun avto va temir yo‘l transporti sexlari xodimlari bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini o‘rgandi.

Uchrashuvda xodimlar tomonidan 20ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Ularning asosiy qismi mehnat sharoitlarini yaxshilash, sanitariya-gigiyena xonalari ta‘miri, ichimlik suvi quvurlarini almashtirish, oliygohlarda tahsil olayotgan xodimlarning shartnoma to‘lovlarini to‘lashda moddiy ko‘maklashish kabi masalalar bo‘lib,  ularning yechimi borasida bosh mutaxassislarga vazifalar yuklanib, amalga oshirish muddatlari belgilab olindi.