"O'zkimyosanoat" AJ

Respublika Virusiologiya ilmiy-tekshirish instituti va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga kimyoviy dezinfektsiya mahsuloti taqdim etildi

// 21 March 2020 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/natriy-gipoxlorit

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizda COVID-19 koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olishga hamda aholi salomatligiga tahdid soluvchi turli yuqumli kasalliklar va infektsiyalardan himoya qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yanada samarali tashkil etishga ko'maklashish maqsadida tashkilot tizimidagi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan dezinfektsiya amaliyotida qo'llaniladigan natriy gipoxlorit mahsulotini O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika Virusiologiya ilmiy-tekshirish instituti va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga beg'araz taqdim etildi.

Natriy gipoxlorit - bu gipoxlor kislotasining tuzi bo'lib, yuqumli kasalliklar o'choqlarida turli xil ob'ektlar va sekretsiyalarni zararsizlantirish, shuningdek, maxsus ob'ektlarni dezinfektsiyalash uchun joriy, yakuniy va profilaktik dezinfektsiya paytida qo'llaniladi.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu hayriya tadbiri orqali taqdim etilgan natriy gipoxlorit mahsuloti Respublika Virusiologiya ilmiy-tekshirish instituti va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan olib boriladigan profilaktik dezinfektsiya amaliyotini yanada samarali tashkil etishga kichik xissasini qo'shadi degan umiddamiz.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati