"O'zkimyosanoat" AJ

Mustaqillik bilan tengdosh muhandis

// 07 August 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/mustaqillik-bilan-tengdosh-muhandis

Zuhra Jahongirova korxonaning 57-sexida muhandis-konstruktor sifatida mehnat qiladi. U o‘z faoliyati davomida ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, texnik yechimlarni ishlab chiqish va loyihalash ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Mas’uliyat, aniqlik va kasbiga bo‘lgan sadoqati bilan jamoada alohida hurmat qozongan mutaxassis mustaqillik bilan tengdosh avlod vakili sifatida yurtimiz sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Mutaxassislikni tanlaganimdan hech qachon afsuslanmaganman. Korxonada orttirgan tajribam, ustozlarimning maslahati va jamoaning qo‘llab-quvvatlashi mening eng katta boyligim. Bugungi taraqqiyot va yaratilayotgan imkoniyatlar yanada mas’uliyat bilan mehnat qilishga undaydi. Yurtimiz mustaqilligi abadiy bo‘lsin, aziz Vatanimiz yanada taraqqiy etsin, — deydi Zuhra Jahongirova.