"O'zkimyosanoat" AJ

“Milliy sanoat zanjiri” koʻrgazmasi sanoat kooperatsiyasi uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylandi

// 14 May 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/milliy-sanoat-zanjiri-ko-rgazmasi-sanoat-kooperatsiyasi-uchu

Toshkent viloyati Ohangaron shahrida “Milliy sanoat zanjiri” koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari ham faol ishtirok etmoqda.



Mazkur tadbir sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yirik sanoat korxonalari oʻrtasida amaliy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan.



Koʻrgazma doirasida togʻ-kon sanoati va metallurgiya yoʻnalishidagi yuqori texnologik mahsulotlar, sanoat startaplari, ilmiy ishlanmalar hamda istiqbolli loyihalar namoyish etilmoqda. Shuningdek, mahalliy kontentni kengaytirish, “shatakka olish” tizimi orqali sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, kafolatli xarid shartnomalari va yangi hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari ham taqdim etilmoqda.Tadbir davomida kimyo sanoati korxonalari tomonidan import qilinayotgan mahsulotlar va ularni mahalliylashtirish imkoniyatlari yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.



Koʻrgazmada B2B va B2G uchrashuvlari tashkil etilib, tadbirkorlar, yirik sanoat korxonalari, tijorat banklari hamda davlat tashkilotlari oʻrtasida muzokaralar olib borildi.