"O'zkimyosanoat" AJ

Olmaliq shahrida joylashgan “MAXAM-UZBEKISTAN” Oʻzbek-Ispan qoʻshma korxonasi MCHJda sodir boʻlgan portlash yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ RASMIY BAYONOTI

// 16 June 2022 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/maxsam-uzbekiston-uzbek-ispan-qushma-korxonasi-mchj-rasmiy-bayonot

Joriy yilning 15-iyun kuni soat 17:55larda Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi “Ammofos-Maksam” AJ hududida ijara asosida faoliyat yuritadigan “MAXAM-UZBEKISTAN” Oʻzbek-Ispan qoʻshma korxonasi MCHJning “Reoxit” portlovchi moddasini ishlab chiqarish sexida (Bino 2018-yilda pishiq gʻishtdan qurilgan boʻlib, oʻlchami 15x30, balandligi 12 metr) texnologik reglament buzilishi natijasida portlash sodir boʻlgan.

Voqea sodir boʻlgan vaqtda sexdan taxminan 10 metr uzoqlikda boʻlgan, “Logistika-plyus” MCHJga qarashli suyuq ammiakli selitra maxsulotini tashishga moʻljallangan DAF rusumli, sigʻimi 30 tn tank konteyneri  haydovchisi, 1973-yilda tugʻilgan N.N.M chap oyoq boldir sohasida ochiq sinishi, koʻkrak qafasi ishishi bilan Olmaliq shahar Markaziy shifoxonasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. Hozirda ahvoli qoniqarli.

Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vaziri, FVV Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolarining ilmiy tadqiqot instituti boshligʻi (navbatchi guruhi bilan), Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati hamda 3 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari yetib borishgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

                                                      “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati