"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Maxamcorp” S.L. tomonidan qoʻyilgan asossiz arbitraj daʻvolarini rad etadi va ularning qarshi daʻvolari qanoatlantirilishiga umid bildiradi

// 06 April 2023 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/maxamcorp-international

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati (Jamiyat) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Agentlik) tomonlar oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralarga qaramay, vositachilik uchun dastlabki shartlarsiz “Maxamcorp” S.Lning arbitraj daʻvolari kiritganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomalarni olganidan hayratda va kompaniyaga nisbatan hafsalasi pir boʻlganligini maʻlum qiladi.

Haqiqatdan ham, “Maxamcorp International” S.L. (“Maksam”) ispan kompaniyasi, 2007-yilda “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2 ta qoʻshma korxona – “Maksam-Chirchiq” AJ va “Ammofos-Maksam” AJlarni tashkil etgan.

Taʻkidlash joizki, “Oʻzkimyosanoat” AJ va Agentlik qayd etganidek, qabul qilingan majburiyatlarga qaramay, “Maksam” kompaniyasi investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan va hozirda ularni bajarishdan bosh tortmoqda. Oʻz navbatida, “Oʻzkimyosanoat” AJ va Agentlik “Maksam” kompaniyasining shartnoma munosabatlarini buzganlik haqidagi asossiz ayblovlarini qatʻiyan rad etadi.

Ikki qoʻshma korxona qariyb oʻn besh yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. “Maksam” tomonidan qoʻzgʻatilgan daʼvolar shartnoma majburiyatlarini buzganliklarini yashirish va notoʻgʻri boshqaruv, samarasizlik, sarmoya kiritmaslik va Oʻzbekiston qonunchiligiga rioya qilmaslik uchun javobgarlikdan qochishdan boshqa narsa emas.

“Maksam” kompaniyasi tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarmaslik qoʻshma korxonalar faoliyatiga va modernizatsiya va kengaytirish qobiliyatiga sezilarli darajada toʻsqinlik qiladi. “Oʻzkimyosanoat” AJ va Agentlik ham tomonlarning savollari va pozitsiyalari sir saqlanishi lozim boʻlgan bir paytda, “Maksam”kompaniyasi oʻz daʻvolarini oshkor qilganidan hayratda.

Aksincha, “Oʻzkimyosanoat” AJ va Agentlik:

Shu oʻrinda, “Oʻzkimyosanoat” AJ va Agentlikning ham “Maksam” kompaniyasiga qarshi daʻvolari bor.

Qayd etish lozimki, “Maksam” kompaniyasi oʻzining butun faoliyati davomida qoʻshma korxonalar faoliyatini yaxshilashga qaratilgan ishlarni amalga oshirishni emas, faqatgina dividentlar olishni koʻzlagan. Vaholanki, “Maksam” kompaniyasining majburiyatlari qoʻshma korxonalarni modernizatsiya qilish va zamonaviy texnologiyalar bilan taʻminlash, ishlab chiqarish uskunalarini takomillashtirish va texnik yordam koʻrsatishni qamrab olgan. Biroq, "Maksam" kompaniyasi oʻz majburiyatlarini bajarmadi. Buni 2022-yil oktabr oyida “Maksam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati zavodida yuz bergan eskirgan uskunaning avariyasi ham tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, soʻnggi yillarda qoʻshma korxonalar faoliyatidan olinadigan foyda sezilarli darajada oshgani, mavjud quvvatlar modernizatsiya qilinib, faoliyatda yaxshilanishlar kuzatilayotganini alohida taʻkidlash lozim. Bunga esa investor va uning vakillari ishtirokisiz faqat Oʻzbekiston tomonining saʼy-harakatlari evaziga erishildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ va Agentlik barcha mavjud bahsli masalalar qonuniy hal etilishiga umid bildiradi. Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston tomoni “Maksam” kompaniyasining daʻvolari boʻyicha huquqiy pozitsiya tayyorlamoqda va ular belgilangan tartibda taqdim etiladi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati