"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ xodimlari tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar deklaratsiyalandi

// 30 March 2022 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/manfaatlar-tuqnashuvi-deklaratsiyasi

“Oʻzkimyosanoat” AJning “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” talablari asosida jamiyatda manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilishning tartibi oʻrnatilgan.

Jumladan, “Oʻzkimyosanoat” AJning 2020-yil 19-noyabrda 103-son buyruq bilan tasdiqlangan “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” talablari asosida korrupsiogen omillarni barvaqt oldini olish, ularni bartaraf etish maqsadida Jamiyatning boshqaruv aʼzolari hamda xizmat vazifasiga koʻra korrupsiyaviy xavf-xatarlar ehtimoli yuqori boʻlgan xodimlar tomonidan yiliga bir marta manfaatlar toʻqnashuvini oshkor qilish shakli (deklaratsiya) toʻldirilishi belgilab qoʻyilgan.

Mazkur siyosat talablariga muvofiq “Oʻzkimyosanoat” AJning jami 75 ta masʼul xodimlari tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi deklaratsiyalar toʻldirildi.

Shuni taʼkidlash lozimki, xodimlar tomonidan deklaratsiya toʻldirilshida biron-bir tashkilotda moliyaviy manfaatdorligi borligi, shu jumladan, ustav kapitalida ishtirok etishi, tashkiliy-huquqiy shakli va mulk shaklidan qatʼi nazar moddiy yoki nomoddiy navf olinayotganligini koʻrsatish lozim.

Toʻldirilgan deklaratsiyalar tahlil qilinganda 9 ta masʼul xodimlar yettita tarmoq korxonalarida Kuzatuv kengashi aʼzolari ekanligi, 4 ta xodim tadbirkorlik subyektlarida oʻz ulushiga ega yoki unda rahbar ekanligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, 2 nafar xodim masʼulyati cheklangan jamiyatlarda oʻz ulushlari borligi va rahbar ekanligini deklaratsiyada koʻrsatishmaganligi aniqlandi. Mazkur xodimlaraga jamiyatning “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” talablarini qayta tushuntirish maqsadida profilaktik suhbat oʻtkazildi va bu haqda ulardan tushuntirish xatlari olindi.

Shuni taʼkidlash lozimki, tahlil jarayonida jamiyat xodimlariga tegishli tadbirkorlik subyektlari “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari bilan 2021-yil davomida oʻzaro hamkorlikni amalga oshirilmaganligi aniqlandi.

Manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.