"O'zkimyosanoat" AJ

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning targʻibotiga bag‘ishlangan yigʻilish oʻtkazildi

// 25 June 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/manfaatlar-to-qnashuvi-to-g-risida-gi-qonunning-targ-ibotiga

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruv raisi v.b Toʻlqin Zaripov rahbarligida sohaviy o‘rinbosarlar hamda tegishli tarkibiy bo‘lim rahbarlari ishtirokida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda ushbu qonunni jamiyat faoliyatiga tatbiq etishning oʻziga xos xususiyatlari yuzasidan yig‘ilish boʻlib oʻtdi.

Unda “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori xususida batafsil maʼlumot berildi.

Undan tashqari Jamiyatda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini samarali tashkil etish, amalga kiritishga har tomonlama va puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.

Jumladan, mas’ullarga qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Jamiyatda  tegishli ishchi guruh tuzgan holda o‘rganishlarni tashkil etish vazifasi yuklatildi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati