"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi

// 30 June 2021 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/localization-press

Matbuot anjumani 2021 yil 30 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o'tkazildi.

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarmoq korxonalarining mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirishda asosiy e'tiborni iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari va hududlarda import o'rnini bosuvchi hamda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilmoqda.

Respublikamizga kirib kelayotgan kimyoviy mahsulotlar importini qisqartirish hisobiga 2020 yilda “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari tomonidan jami 23 turdagi 965,48 mlrd so'mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo'lib, amalda 2020 yil yakuni bo'yicha 23 turdagi 1 342,8 mlrd so'mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi (rejaga nisbatan 139,1 foiz), shundan 22,91 mln. dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 17 turdagi mahalliylashtirilgan mahsulot to'liq mahalliy xom-ashyolar asosida ishlab chiqarildi.

Sanoat kooperatsiyasi doirasida 2020 yilda jami 7 turdagi 592,5 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2021 yilda “O'zkimyosanoat” AJ korxonalarida 26 turdagi 1 467,1 mlrd so'mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida 25 turdagi 544,1 mlrd so'mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan, amalda 24 turdagi 715,6 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib (reja 131,5 foiz), shundan 12,32 mln. dollarlik mahsulot eksportga va 779,6 mlrd so'mlik mahsulot ichki bozorga (143,3 foizga) realizatsiya qilindi.

Birinchi yarim yillikda 25 turdagi 664,7 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan, amalda 25 turdagi 764,4 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Shuningdek, yil yakuniga qadar 26 turdagi 1 480,8 mlrd so'mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi ko'zda tutilgan.

2021 yilda “O'zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining importini qisqartirish maqsadida o'z ehtiyojlari uchun 6 turdagi 9,91 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Sanoat kooperatsiyasi yo'nalishida 7 turdagi 669,68 mlrd so'mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida kooperatsiya yo'nalishi bo'yicha 6 turdagi 264,1 milliard so'mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilib, iste'molchilarga yetkazildi.

Hozirda “O'zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari bo'yicha 2021-2026 yillarga mo'ljallangan mahalliylashtirish dasturi shakllantirilmoqda. Shunda,

Natijada sanoat kooperatsiyasi yo'nalishida 23 turdagi 2 203,7 mlrd so'mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqariladi.

“O'zkimyosanoat” AJ Mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilgan mahsulotlar bo'yicha respublikamiz ishlab chiqarish korxonalari bilan kooperatsiya aloqalari kengaytirilishiga, shuningdek, respublikamiz ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan, butlovchi bo'yumlar, ehtiyot qismlarni xarid qilish orqali korxonalarning importini qisqartirishga erishiladi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati