"O'zkimyosanoat" AJ

Shandong Linglong Tire Co., Ltd. va “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ o'rtasida shartnoma imzolandi

// 20 November 2020 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/linglong

20 noyabr kuni Xitoyning eng yirik shina ishlab chiqaruvchisi Shandong Linglong Tire Co., Ltd. va “Bars” brendi ostida shina ishlab chiqaruvchi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ o'rtasida zavodni “General Motors” korporatsiyasi standartlariga muvofiq sertifikatlashga texnik ko'mak berish va omolagatsiya ishlarini amalga oshirish bo'yicha 4 yil muddatga shartnoma imzolandi.

“Linglong” brendi ostida avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi Shandong Linglong Tire Co., Ltd. ko'p yillar davomida dunyodagi yigirma, Xitoydagi beshta yirik avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Videokonferentsaloqa orqali o'tkazilgan rasmiy marosimda “O'zkimyosanoat” AJ rahbariyati, “UzAuto Motors” AJ rais o'rinbosari, “Linglong” kompaniyasi prezidenti Janob Vang Feng, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ texnik direktori, O'zbekiston Respublikasining Xitoydagi Favqulodda va Muxtor elchisi maslahatchisi va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Tomonlar Braziliya va Yevropadagi “General Motors”ning sinov va test laboratoriyalarida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning omolagatsiya ishlarini amalga oshirish va korxonaga texnik ko'mak berishga kelishib oldilar. Buning natijasida mahalliy ishlab chiqarivchi o'z mahsulotlarini “UzAuto Motors” AJ konveyer liniyasiga chiqarish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Shuningdek, shartnoma doirasida Xitoy kompaniyasi 4 yil davomida yangi turdagi shina o'lchamlarini tayyorlash, ishlab chiqarishning sifati va texnologik jarayonini boshqarishga ko'maklashadi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati