"O'zkimyosanoat" AJ

Kuz mavsumida “Navoiyazot» AJ da “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 122 000 dona koʻchat ekildi

// 03 December 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/kuz-mavsumida-navoiyazot-aj-da-yashil-makon-umummilliy-loyih

Mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta ekib, yashillik miqyosini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish maqsad qilingan. Soʻnggi yillarda bu koʻrsatkich 12 foizga yetdi.

Bu jarayonda iqtisodiyot tarmoqlari, xususan sanoat korxonlarining faolligi ayniqsa, muhim.  “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonlarida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, 2024-yil kuz mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Navoiyazot»  AJga qarashli hududlar va Konimex tumanida daraxtlar, koʻchatlar, butalar ekish, parvarishlash, ularni sugʻorish ishlari olib borildi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ “Ekologiya va yashil iqtisodiyot” boʻlimi boshligʻi Daniyar Niyazov tomonidan “Navoiyazot” AJda loyiha doirasida vazifalar ijrosi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazilib, tahlil qilindi. Unga koʻra, joriy yil avgust-noyabr oylarida “Navoiyazot” AJ sanitar himoya hududida yerlar chiqindilardan tozalangan va ushbu yerlarga koʻkalamzorlashtirish maqsadida ishlov berilmoqda.Tayyorlangan 5,2 gektar yerda oʻzlashtirish ishlari olib borildi. “Navoiyazot”  AJ xodimlarining saʼyi-harakati bilan 30 000 dona tut va qayragʻoch koʻchatlari ekildi.

Konimex tumani hududida ham koʻkalamzorlashtirish maqsadida yangi yerlarni ochish chora-tadbiri amalga oshirilib, 10 ga yerda agrotexnik tadbirlar olib borildi.  Hududda 92 000 dona saksovul buta koʻchatlari ekildi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati