
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1155-son Qonun imzolandi.
Mazkur Qonun bilan:
◾️korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritilishi;
◾️ “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasi qonunchilikda aniq belgilanishi;
◾️ davlat organlarida komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlari joriy etilishi;
◾️komplaens bo‘linmalari faoliyatining mustaqilligi va xodimlar xavfsizligi kafolatlanishi;
◾️ayrim korrupsion jinoyatlar uchun muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengillashtirish imkoniyatlari cheklanishi;
◾️korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi kabi muhim normalar belgilandi.
Qonun korrupsiyaga qarshi kurashishning yagona va tizimli mexanizmini shakllantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.