"O'zkimyosanoat" AJ

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligi reytingida “Oʻzkimyosanoat” AJ yaxshi natija bilan 4-oʻrinni egalladi

// 14 March 2023 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-samaradorligi-reytingi

Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligi reyting baholashdan oʻtkazildi (https://anticorruption.uz/uz/item/2023/03/14/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-boyicha-chora-tadbirlarning-samaradorligi-reyting-baholashdan-otkazildi).
Baholash natijalariga koʻra, 62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholandi. Reyting baholash natijalariga koʻra “Oʻzkimyosanoat” AJ 62 ta davlat tashkilotlari ichida 89 ball bilan 4-oʻrinni egalladi. 
“Oʻzkimyosanoat” AJ korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish va ushbu illatning oldini olish  yuzasidan tizimli ishlarni davom ettiradi.

"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati