"O'zkimyosanoat" AJ

Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida xodimlar malakasi xalqaro standartlar asosida oshirilmoqda

// 02 July 2025 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/korrupsiyaga-qarshi-kurash-sohasida-xodimlar-malakasi-xalqar

“O‘zkimyosanoat” AJ da shaffof boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga uning investisiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro hamkorlar ishonchini mustahkamlash va global bozorda raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan ishlar faol olib borilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, yaqinda Jamiyat “Cert international” xalqaro akademiyasi tomonidan muvaffaqiyatli auditdan o‘tib, korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi eng nufuzli xalqaro standart — ISO 37001:2016 sertifikatiga ega bo‘lgan edi.  

Jamiyat va uning tarmoq korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, bu boradagi xavflarni boshqarish yo‘nalishida xalqaro standartlar asosida xodimlar malakasini oshirishga ham e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, yaqinda “O‘zkimyosanoat” AJ korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi xodimlari “Cert international” akademiyasi tomonidan tashkil etilgan seminarda ISO 31000:2018 “Xavflarni boshqarish” xalqaro standartini “O‘zkimyosanoat” AJda joriy etish bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdilar.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati