"O'zkimyosanoat" AJ

“Korporativ iqlim boshqaruvi” mavzusida seminar oʻtkazildi

// 16 November 2023 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/korporativ-iqlim-boshqaruvi-mavzusida-seminar-o-tkazildi

“Oʻzkimyosanoat” AJda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki koʻmagida ERM kompaniyasi maslahatchisi Yuliya Dobrolyubova tomonidan jamiyatda “Korporativ iqlim boshqaruvi” mavzusida ikki kunlik seminar oʻtkazildi.

Seminarda “Navoiyazot” AJ, “Fargʻonaazot” AJ, “Maksam-Chirchiq” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJlarning sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari, ekologiya boʻlimi rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tashabbusning asosiy maqsadi “Navoiyazot” AJ negizida, Parij kelishuvi maqsadlariga muvofiq 2050-yilgacha nol tashlanmalariga erishishda past uglerodli rivojlanish boʻyicha yoʻl xaritasini ishlab chiqishdan iborat.