"O'zkimyosanoat" AJ

KOICA “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikda Koreyaning nufuzli oliygohida grant asosida taʼlim olish uchun tanlovlar eʼlon qiladi

// 20 September 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/koica-o-zkimyosanoat-aj-bilan-hamkorlikda-koreyaning-nufuzli

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikdagi qoʻshma loyiha doirasida Koreyaning nufuzli oliygohida kimyo sohasida magistratura (2 ta oʻrin) va doktorlik (PhD, 6 ta oʻrin) yoʻnalishlarida grant asosida barcha harajatlar qoplangan holda taʼlim olish uchun tanlovlar eʼlon qiladi! 

Oʻqishni muvaffaqqiyatli tamomlaganlar yangi tashkil etiladigan Koreya-Oʻzbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo texnologiya innovatsiya markazida oʻz faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlishadi! 

Hujjatlar 2024-yil 18-oktabrgacha qabul qilinadi. 

Qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat etishingiz va hujjatlarni onlayn tarzda yuborish uchun quyidagi havolaga oʻtishingiz mumkin:

https://admission.ust.ac.kr/

Telefon: (+998) 90 003-55-22

Elektron manzil: empark@krict.re.kr u.tillabaeva@uks.uz

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati