"O'zkimyosanoat" AJ

“Kitobxon xodim” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

// 09 October 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/kitobxon-xodim-ko-rik-tanlovi-o-tkazildi

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda xodimlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda Jamiyatda mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida “Kitobxon xodim” ko‘rik-tanlovining 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlovda kimyogarlar 3 shart asosida  o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Hay’at a’zolarining yakuniy baholash natijasiga ko‘ra:

1- o‘rin – Munisa Xoliqova, Suv ta’minoti va kanalizatsiya sexi, Kimyoviy eritmalar tayyorlash apparatchisi;
2 - o‘rin – Xasan Ashurov, Malakani baholash markazi boshlig‘i;   
3 - o‘rinni – Nilufar Norqobilova, KO‘ICh 1-sexi taroziboni qo‘lga kiritdi. 

G‘oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, “Kitobxon xodim” ko‘rik-tanlovining 2-bosqichi oktabr oyining 2-o‘n kunligida “O‘zkimyosanoat” AJda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati