Maʼlumki, D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialida talaba qizlar uchun “Kimyo Girls” respublika olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda. Kuni kecha olimpiadaning ikkinchi bosqich bellashuvlari boʻlib oʻtdi. “Oʻzkimyosanoat” AJ masʼullari ham unda ishtirok etib, talabalarga ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar izhor etdi.
Ilk bosqich - test sinovlarida muvaffaqiyatli oʻtgan qizlar laboratoriya tajribalari boʻyicha bellashdilar. Eng koʻp ball yigʻgan 15 nafar qiz uchinchi bosqichga yoʻllanma oladi va oʻz loyihasini himoya qiladi.