“Oʻzkimyosanoat” AJda JP Morgan kompaniyasi vitse-prezidenti Arseniy Loboyko bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda 2024-yil uchun kutilgan moliyaviy natijalar, EBITDA va Debt/EBITDA koʻrsatkichlari, yevrobondlar chiqarish rejalari yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan birga, potensial investorlar bilan uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi. Bu uchrashuvlarda “Oʻzkimyosanoat” AJning yevrobondlar chiqarish istiqbollari va kompaniyaning joriy moliyaviy holati haqida batafsil maʼlumot taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.
Bu kelgusida kompaniyaning xalqaro kapital bozoridagi rejalari va istiqbollari haqida investorlarga kengroq tushuncha berish imkonini yaratadi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati