"O'zkimyosanoat" AJ

Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat xaridlarida shaffoflikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

// 23 January 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/jamiyatda-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-va-davlat-xaridlarid

«O‘zkimyosanoat» AJ hamda uning tarmoq korxonalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, ularga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, davlat xaridlarini adolatli va shaffof o‘tkazishni kuchaytirish maqsadida joriy yilning 22–23 yanvar kunlari ikki kunlik amaliy tadbir o‘tkazildi.

Unda «O‘zkimyosanoat» AJ va uning tarmoq korxonalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdi. 

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 26 dekabrdagi «Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hamda 2025 yil 30 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmonlarida belgilangan vazifalarning joylarda sifatli ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida «1S: Shartnoma» hamda «Komplayens modullari» axborot tizimlarida ishlash, davlat xaridlarini adolatli tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarini tekshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir «O‘zkimyosanoat» AJ va tarmoq korxonalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirishga, davlat xaridlari sohasini isloh qilish, uni raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiya xavflarini keskin kamaytirishga xizmat qiladi.