"O'zkimyosanoat" AJ

Jahon kimyo sanoati xabarlari: havodan ammiak

// 25 November 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/jahon-kimyo-sanoati-xabarlari-havodan-ammiak

Niderlandiyaning Koppert Cress ferma xoʻjaligi havo va elektr energiyasidan maxsus jihozlar yordamida olingan ammiakdan mineral oʻgʻit sifatida foydalanishni boshladi. 

Innovatsion uskuna Daniyaning ammiak olishning muqobil jarayonlarni ishlab chiquvchi NitroVolt startapi tomonidan yaratilgan.

Patentlangan texnologiya litiydan foydalangan holda ushbu birikmani sintez qilish jarayoniga asoslangan. Ishlab chiqarish uchun faqat havo, suv va elektr energiyasi talab qilinadi. Mobil uskuna kuniga taxminan 5 kg ammiak ishlab chiqarish imkonini beradi. Olingan mahsulot oʻgʻit sifatida ishlatiladi va uskunalar tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik issiqxonalarni isitish uchun sarflanadi.

Kompaniya loyihani moliyalashtirish uchun 2,75 million yevro jalb qildi. NitroVolt asoschilarining taʼkidlashicha, agar fermerlar qayta tiklanuvchi energiya manbalariga ega boʻlsalar, ular tayyor oʻgʻitlarni sotib olish uchun toʻlaydigan narx bilan taqqoslanadigan narxda ammiak olishlari mumkin. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati