"O'zkimyosanoat" AJ

Jahon kimyo sanoati xabarlari: elektr energiyasisiz havodan suvni samarali olish usuli topildi

// 04 December 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/jahon-kimyo-sanoati-xabarlari-elektr-energiyasisiz-havodan-s

Xalqaro kimyogarlar jamoasi organik kristallar yordamida suv bugʻidan elektr energiyasisiz suv yigʻib oluvchi kompozit material ishlab chiqdi. U ingichka iplarga oʻxshaydi.

Chuchuklashtirish isteʼmol va sanoatda qoʻllaniladigan suv olishning asosiy usullaridan biri boʻlib qolmoqda. Bu jarayon, hatto bugʻdan suvning oddiy tuzsizlangan kondensatsiyasini olish haqida gapiradigan boʻlsak ham, katta energiya sarfini talab qiladi.

Professor Panse Naumov  boshchiligidagi kimyogarlar jamoasi muqobil yondashuvni taklif qildi va uni amalga oshirish uchun “aqlli” kristallarni ishlab chiqdi. 

Bunga olimlarni qurgʻoqchil hududlar oʻsimliklari va hayvonlari ilhomlantirgan. Ayrim choʻl hasharotlari va kaltakesaklari evolyutsiya jarayonida gidrofil va gidrofobik zonalarni mujassamlashtirgan maxsus sirtni hosil qilgan. 

Gidrofil qism suvni oʻziga tortadi va u tomchi boʻlib toʻplanadi. Bu hayvonlarga yiliga bir santimetrdan kam yogʻingarchilik tushgan joylarda ham havodan namlik toʻplash imkonini beradi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati