"Dehqonobod kaliy zavodi" AJda "O‘zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abdurahmonova, Dehqonobod tumani hokim o'rinbosari M.Yo'ldosheva va jamiyat ishchi-xodimlari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida ibratli videorolik qo'yib berildi, undan tashqari oilada farzand tarbiyasi, ularni yot g‘oyalardan himoya qilish, kitobxonlikka jalb etish ota-onalar zimmasidagi mas'uliyatli vazifa ekanligi aytib o'tildi hamda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash xususida so‘z yuritildi.
Davra suhbati so'ngida tarkibiy bo'linma va sexlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni murojaatlari, takliflari tinglandi va kelgusida yechimiga e'tibor qaratilishi ta'kidlab o'tildi.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati