"O'zkimyosanoat" AJ

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

// 14 December 2023 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/jaholatga-qarshi-ma-rifat-mavzusida-davra-suhbati-o-tkazildi

Bugun korxona xodimlarining  ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Unda korxona direktorining investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari D.Axmedjanov, Qoʻngʻirot tumani “Hokim Sulaymon” jome masjidi imom xatibi R.Umarov, tuman hokimligining din ishlari boʻyicha bosh mutaxassisi Y.Kalekeyev va tuman 2-sonli IIB boshligʻi, podpolkovnik L.Tauekelovlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilganlarga “Tinchlik qadri” nomli ibratli videorolik namoyish etildi. Davra suhbatida oila, farzand tarbiyasi va yot illatlardan himoyalanish haqida so‘z yuritildi. 

Ishchi-xodimlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar batafsil javob berishdi

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati