"O'zkimyosanoat" AJ

Innovatsiyalar kimyo sanoatining kelajagini belgilaydi!

// 11 June 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/innovatsiyalar-kimyo-sanoatining-kelajagini-belgilaydi

 

“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” forumi doirasida “Eng yaxshi innovasion g‘oya“ startap loyihalar tanlovining taqdimot bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda 15 ta jamoa o‘zlarining ilg‘or va istiqbolli loyihalari bilan ishtirok etib, kimyo sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarini namoyon etdilar.

Taqdim etilgan loyihalar energiya tejamkorligi, resurslardan samarali foydalanish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

Yosh mutaxassislarning innovasion yondashuvlari va amaliy yechimlari tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish hamda yangi texnologik imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.