"O'zkimyosanoat" AJ

“Maxam-Chirchiq” AJda ilm-fan va sanoat integratsiyasiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi

// 31 July 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/ilm-fan20260731

“O‘zkimyosanoat” AJ hamda oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlik va integratsiyani yanada kuchaytirish maqsadida bugun “Maxam-Chirchiq” AJda Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahar filiali, Umumiy va noorganik kimyo instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi institutlari hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur davra suhbati doirasida korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi. Shuningdek:

ishlab chiqarishda mavjud muammolar yechimi;
tayyor mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash;
yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga qaratilgan innovatsion yechimlarni joriy etish;
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi boshqa ilmiy-texnik takliflar muhokama qilindi.