"O'zkimyosanoat" AJ

III “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” forumi o‘z nihoyasiga yetdi

// 13 June 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/iii-kimyo-sanoati-yosh-mutaxassislari-forumi-o-z-nihoyasiga-

“Oʻzkimyosanoat” AJ va tizim korxonalari tashkil etilgan forumda 100 nafarga yaqin yosh mutaxassis va talabalar ishtirok etdi


Dasturdan shaxmat va stol tennisi musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini, "Yilning eng faol yosh xodimi", "Eng yaxshi innovasion g‘oya" startaplar tanlovi, shuningdek, seminar-treninglar hamda rahbarlar bilan ochiq muloqot o‘rin oldi.Forumning eng muhim yo‘nalishlaridan biri ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi.



Yoshlar tomonidan 15 ta innovasion startap loyihalar taqdim etilib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan g‘oyalar muhokama qilindi. Bugungi tantanali marosimda sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar hamda tanlovlar g‘oliblari diplom, sertifikat hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alarini bilan taqdirlanishdi.



Mazkur forum uchinchi marotaba o‘tkazilib, yosh kimyogarlarning bilim va tajriba almashishi, kasbiy rivojlanishi hamda yangi tashabbuslarni ilgari surishi uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.