"O'zkimyosanoat" AJ

“Ibratli oila” ko‘krak nishoni topshirildi

// 16 May 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/ibratli-oila-ko-krak-nishoni-topshirildi

Qashqadaryo viloyat hokimligida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Qashqadaryoda ibratli oila namunasi bo‘lib kelayotgan, farzandlar tarbiyasi va ularning ilmli hamda kasb-hunarli bo‘lishi, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yosh oila vakillarini o‘z ortidan ergashtirishga katta xizmat qilayotgan oila vakillari ishtirokida  tantanali tadbir o‘tkazildi.

Unda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ  Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Muxtasar Karimova ham “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Korxona jamoasi nomidan Muxtasar Karimovani ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati