"O'zkimyosanoat" AJ

Qutlugʻ ayyomga munosib tayyorgarlik: obodlik va hamjihatlik

// 22 August 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/hashar20260822

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda bayramga munosib tayyorgarlik koʻrish, hududlarni obodonlashtirish va aholi oʻrtasida hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” dasturi doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ markaziy apparati va tarmoq tashkilotlarida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.

Hashar davomida xodimlar faol ishtirok etib, hududlarni tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Jamoaviy mehnat jarayonida yurtdoshlarimizni birlashtiruvchi mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik kabi qadriyatlar yana bir bor namoyon boʻldi.

Zero, mustaqillikning 35 yilligi — ozod va obod Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimizning birdamligi hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini keng namoyon etish uchun muhim ayyomdir. Ushbu qutlugʻ sanaga munosib tayyorgarlik koʻrishda har bir ezgu tashabbus, har bir obodlik ishi munosib hissa boʻlib xizmat qiladi.