"O'zkimyosanoat" AJ

Gender strategiyasi va 2025-yil uchun harakatlar rejasi ishlab chiqildi

// 25 November 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/gender-strategiyasi-va-2025-yil-uchun-harakatlar-rejasi-ishl

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Toshkent viloyatida energetika va kimyo sanoatida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar uchun Gender strategiyasi va 2025-yil harakatlar rejasini ishlab chiqarish maqsadida 3 kunlik oʻquv seminari tashkil etildi. 

Unda Energetika vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ Gender maslahati kengashlari aʼzolari ishtirok etishdi. 

Maslahat kengashi aʼzolari seminar davomida  gender strategiyani amalga oshirishda mavjud muammolar, ularni hal etishning asosiy yoʻnalishlarini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha istiqboldagi rejalari va o‘z tashabbuslarini himoya qildilar.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati