Mamlakatimizda davom etayotgan yoshlar oyligi doirasida hamda 30 — iyun-Yoshlar kuni munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Rustam Saliyev tomonidan korxonada faoliyat yuritayotgan bir qator tashabbuskor yoshlarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim qilindi. Korxona Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va jamiyat rahbariyati vakillari yosh mutaxassislar xonadoniga tashrif buyurib, yoshlarning ota-onalari bilan suhbatda bo‘lishdi. Ularga tashakkurnomalar va sovg‘a-salomlar ulashildi.
Mazkur tadbir yosh kadrlarni o‘z kasbiga bo‘lgan hurmatini oshirish, mehnat samaradorligini yaxshilash, yurtga muhabbat va daxldorlik xissini shakllantirishga xizmat qiladi.
"Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Matbuot xizmati