"O'zkimyosanoat" AJ

“Eng yaxshi innovatsion gʻoya” koʻrik-tanlovi loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda

// 31 May 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/eng-yaxshi-innovatsion-g-oya-ko-rik-tanlovi-loyihalari-taqdi

“Eng yaxshi innovatsion gʻoya” koʻrik-tanlovi loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda

“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumining eng muhim tanlovi boʻlgan “Eng yaxshi innovatsion gʻoya” koʻrik-tanlovi yosh mutaxassislarning yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, sanoatda tejamkor texnologiyalarni samarali qoʻllash, tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan  tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. 

Ilmiy-intellektual xakatonning barcha ishtirokchilari 20 ta guruhga boʻlingan holda  4-kun ichida oʻz loyihalari ustida ish olib borishgan. Forumdan koʻzlangan maqsad ham yosh mutaxassislar malakasini oshirish, innovatsion loyihalar yaratishga ragʻbatlantirishdan iborat.

Ayni paytda loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtmoqda. Ishtirokchilar va boʻlajak kimyogarlar muammoli vaziyatlarga oʻz innovatsion yechimlarini taklif qilishmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati