"O'zkimyosanoat" AJ

Maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida “Oʻzkimyosanoat” AJ 3-oʻrinni egalladi

// 23 September 2022 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/eng-namunali-vazirlik-va-idora-tanlovi

Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

“Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida Ichki ishlar vazirligi 1-oʻrin (92,5 ball), Mudofaa vazirligi 2-oʻrin (92,1), Milliy gvardiya va “Oʻzkimyosanoat” AJ 3-oʻrinni (88,4) egalladi. Shuningdek, Davlat soliq qoʻmitasi 4-oʻrin (81,3), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 5-oʻringa (78,6) munosib topildi.

Tanlov gʻolibi sifatida “O‘zkimyosanoat” AJga 12,5 mln so‘m pul mablag‘i hamda 4,0 mln so‘mlik kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati