Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda yosh xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yanada kuchaytirish hamda kitob mutolaasini korxonada keng targ‘ib qilish maqsadida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining 1–bosqichi o‘tkazildi. Yosh soha vakillari 5 ta shart asosida o‘z bilimlarini namoyon qilishdi. Hakam hay’ati a’zolarining yakuniy baholash natijalariga ko‘ra:
1-o‘rinni Nilufar Norqobilova, KO‘ICh 1-sexi taroziboni;
2-o‘rinni Asilbek Ismoilov, Avtotransport sexi, Texnik hujjatlarni yuritish bo‘yicha texnik;
3-o‘rinni Ubaydulla Musulov, Bosh mexanika xizmati yetakchi muhandis-konstruktori qo‘lga kiritib, ko‘rik-tanlovning 2 – bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
G‘oliblar Jamiyat tomonidan rag‘batlantiriladi.
Eslatib o‘tamiz, “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining 2 – bosqichi joriy yil iyul oyining ilk 10 kunligida “O‘zkimyosanoat” AJda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati