"O'zkimyosanoat" AJ

“DEHQONOBOD KALIY ZAVODI” AJ JAMOASIGA

// 23 August 2025 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/dehqonobod-kaliy-zavodi-aj-jamoasiga

Ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab eng ulugʻ, eng aziz bayram – jonajon Vatanimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami shukuhi kezmoqda. 

Mana shunday shukuhli damlarda yurtimiz kimyo sanoatining yirik korxonalaridan biri “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ jamoasi korxona tashkil etilganining 15 yilligini keng nishonlamoqda.“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Oʻzbekiston Respublikasi kimyo sanoati tarixida oʻziga xos oʻringa ega. Zavod mahsuloti nafaqat respublikamiz qishloq xoʻjaligi ehtiyojlarini qondiradi, balki chet mamlakatlariga ham eksport qilinadigan xaridorgir mahsulot hisoblanadi.

Davlatimiz rahbarining kimyo sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan doimiy eʼtibori natijasida tarmoq korxonalarining faoliyatini takomillashtirish hamda ularning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish borasida qabul qilinayotgan qaror va farmonlar ijrosini taʼminlashda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ fidoiy jamoasining beqiyos mehnati eʼtirof etmasdan boʻlmas.

Qadrli “Dehqonobod kaliy zavodi“ jamoasi! 

Yurtimiz kimyo sanoatini yanada rivojlantirishda hamda yangidan yangi kimyo korxonalarining barpo etilishida erishilayotgan barcha yutuqlarda, Siz azizlarning munosib hissangiz borligini barchamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.

Barchangizni “Dehqonobod kaliy zavodi” tashkil etilganligining 15 yilligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, mamlakatimiz kimyo sanoati rivoji yoʻlidagi fidokorona faoliyatingizda yangi yutuq va zafarlar tilaymiz.

Hurmat va ehtirom bilan,
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi 
Odil Temirov