"O'zkimyosanoat" AJ

Davlat xaridlarini oʻtkazishda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro tajriba va amaliyot

// 27 November 2025 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/davlat-xaridlarini-o-tkazishda-korrupsiyaga-qarshi-kurashish

Davlat xaridlari – davlat byudjeti mablagʻlarining samarali sarflanishini taʼminlaydigan muhim yoʻnalish hisoblanadi. Tenderlarni ochiq, shaffof va adolatli oʻtkazish har bir tashkilot uchun ustuvor vazifa. 

Shu bois, xalqaro tajribani oʻrganish, xorij mutaxassislari bilan oʻzaro tajriba almashish va sohaga oid ilgʻor amaliyotni joriy etish korrupsiyaga qarshi samarali kurashish, davlat xaridlarini adolatli oʻtkazish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi boshligʻi M.Mavlyanov va Gʻaznachilik operatsiyalari va ichki xaridlar boʻlimi boshligʻi O.Rasulovlar Chexiya Respublikasining Praga shahrida tashkil etilgan oʻquv kursida ishtirok etdilar.

“Davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaga karshi kurashish buyicha Yevropa tajribasi” mavzusidagi kurslar Jamiyat vakillari Yevropa amaliy fanlar va menejment universiteti (EIASM)ning yetuk va amaliy jihatdan katta tajribaga ega boʻlgan mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Xalqaro tajriba nafaqat zamonaviy usullarni va ilgʻor mexanizmlarni amaliyotga tadbiq etishga, balki manfaatlar toʻqnashuvini kamaytirish va davlat mablagʻlaridan samarali foydalanishni taʼminlashga xizmat qiladi.