"O'zkimyosanoat" AJ

Davlat tilida ish yuritish

// 08 November 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/davlat-tilida-ish-yuritish

Kuni kecha “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abduraxmonova rahbarligida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ sex va boʻlimlarining davlat tilida ish yuritish holatlari oʻrganildi.

Jarayonda boʻlim nomlari, atamalar, peshlavhalar, e’lonlar, shuningdek idoraviy ish qogʻozlar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishini ta’minlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar koʻzdan kechirildi.

Oʻrganish yakunida aniqlangan ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati