Shuningdek, tadbir doirasida markaziy apparat xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Mening bayrog‘im” esselar tanlovining taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 1-o‘rinni Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, import xaridlarni optimallashtirish va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv boʻlimi bosh mutaxassisi Mirzayeva Maftuna, 2-o‘rinni Sifatni boshqarish va texnik qayta jihozlash boʻlimi bosh mutaxassisi Keldiyorov Husan, 3-o‘rinni esa jamiyat kutubxonasi xodimi Kengesbayeva Ulbo‘sinlar egalladi.
“Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir videokonferensaloqa shaklida o‘tkazildi. Tadbirda barcha tarmoq korxonalari va tashkilotlari ishchi-xodimlarini keng qamrab olgan holda, badiiy chiqishlar bilan ishtirok etdi. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning yosh xodimlari tomonidan bobomiz Najmiddin Kubro haqida sahnalashtirilgan chiqishlar barchada katta taassurot qoldirdi. Bundan tashqari, tadbirda she’rlar, qo‘shiqlar yangradi, videorolik namoyish etildi, hattoki, yakka raqs ham ijro etildi.
Taʼkidlash lozimki, bayrogʻimiz respublikamiz dunyoda xalqaro hamjamiyatning tenglar ichra teng aʼzosi ekanligini anglatadi va oʻzida milliy-madaniy anʼanalarimizni mujassamlashtiradi. U bizning hech kimdan kam emasligimiz hamda aslo kam boʻlmasligimizni yaqqol namoyon etadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, bayrogʻimizni eʼzozlash fuqarolarda oʻzining qadr-qimmatiga, oʻz mamlakatiga va shaxsiga boʻlgan ishonchni yanada mustahkamlaydi.
"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati