"O'zkimyosanoat" AJ

“JAMIYATDA TUZILAYOTGAN SHARTNOMALARNI KELISHISH, IMZOLASH VA IJRO ETISH SIYOSATI” BO`YICHA SEMINAR O`TKAZILDI

// 24 February 2022 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/contract-rules

Joriy yilning 23-fevral kuni “O`zkimyosanoat” AJda “Jamiyatda tuzilayotgan shartnomalarni kelishish, imzolash va ijro etish siyosati” mavzusida seminar bo`lib o`tdi. Kompleans nazorat xizmati tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda “O`zkimyosanoat” AJ boshqarma va bo`limlarining rahbar va xodimlari ishtirok etishdi. Unda “Jamiyatda tuzilayotgan shartnomalarni kelishish, imzolash va ijro etish siyosati”ning mazmun-mohiyati, O`zbekiston Respublikasida xaridlar, shartnomalar va bitimlarni kelishish, imzolash va ijro etish qanday meʼyoriy huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi bo`yicha aniq ma’lumotlar berildi.

Seminardan ko`zlangan maqsad, jamiyatda faoliyat olib borayotgan xodimlarni qonunchilikdagi mavzuga oid meʼyoriy huquqiy hujjatlar, yangiliklar va e’tibor qaratilishi lozim bo`lgan eng muhim jihatlar bilan yaqindan tanishtirish bo`lib, tadbir davomida ular:

Qolaversa, shartnomaning majburiy shartlari qilib muqaddima, shartnomaning nomi, shartnoma imzolangan sana, shartnomani imzolash joyi, kontragentning yuridik shaxslarning yagona davlat reestrida ro`yxatdan o`tgan firmasining to`liq nomi, shartnomani imzolagan shaxslarning lavozimi, F.I.Sh., shartnomani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar eʼtirof etilganligi hamda shartnomada jamiyat va kontragentlar o`rtasida o`rnatilgan huquqiy munosabatlarning mohiyatini aks ettiruvchi mavzu, xarid qilinadigan tovarlar yoki xizmatlar, ishlar smetasining spetsifikatsiyasi, shartnoma narxi, tomonlarning shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarish muddatlari, hisob-kitob qilish tartibi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik, nizolarni hal qilish tartibi, yuridik manzillar bank hisoblari haqidagi maʼlumotlar, faks va aloqa telefon raqamlari, elektron pochta manzili va shartnoma muddati ko`rsatib o`tilgan bo`lishi shart ekanligi ishtirokchilarga tushuntirib o`tildi.

Seminar so`ngida ishtirokchilar mavzuga doir qator savollarga batafsil javoblar olishdi va eng muhimi ish faoliyati davomida asqotadigan zarur bilimlarni o`zlashtirishdi.

“O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati