"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” AJ Komplaens xizmatining 2021 yilning I chorak davomida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat yakunlari

// 22 April 2021 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/comresult202101

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida Komplaens xizmati tomonidan 2021 yilning I chorak davomida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan faoliyat yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

“O'zkimyosanoat” AJ tomonidan korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish va chek qo'yishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, Jamiyat va tizim korxonalrida Komplaens xizmati tashkil etildi va “Yo'l xaritasi” asosida bajariladigan ishlar belgilab olindi. Shu bilan birga korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ichki me'yoriy hujjatlar, ya'ni “Korruptsiyaga qarshi siyosat”, “Axloq kodeksi”, “Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati”, “Sovg'a berish va qabul qilish siyosati” kabi 14 ta ichki me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Mavjud xavf-xatarlarni inobatga olgan kimyo sanoati korxonalariga IT texnolgiyalarni joriy etish maqsadga muvofiqligi ta'kidlab o'tildi.

Yig'ilish kun tartibidagi masala yuzasidan Jamiyat Komplaens xizmati boshlig'i Sh.Sag'dullaevning joriy yilning I-choragi davomida ushbu sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdi. Ma'lum bo'lishicha tasdiqlangan huquqiy-me'yoriy hujjatlar talablari asosida tashkil etilgan ishlar va axborot kanallari orqali kelgan ma'lumotlar tahlili natijasida “O'zkimyosanoat” AJ korruptsiogen holatlar uchta yo'nalishda qayd etilayotganaligini kuzatish mumin:

  1. Fuqarolarni ishga olish va mehnat munosabatlari sohasida;
  2. Xaridlarni tashkil etish sohasida;
  3. Korxona omborxonalaridagi tovar-moddiy boyliklarini va tayyor mahsulotlarni saqlash va xaridorga yuklash sohasida.

Ta'kidlash lozimki, 2021 yil 1 aprel holtiga jismoniy va yuridik shaxslardan kimyo sanoati korxonalariga kelayotgan murojaatlarning asosiy qismida (54% yoki 580 ta murojaat) kimyo sanoati korxonalariga ishga olish, mehnat munosabatlaridagi muammolar va korruptsiogen omillar mavjudligi ma'lum qilingan.

Bundan tashqari mehnat munosabatlarida Manfaatlar to'qnashuvi mavjud bo'lgan holatlar bartaraf etildi.

Xaridlarni tashkil etish sohasi o'rganilishi natijasida zarur texnik talablar (ish staji va xodimlar soni) “O'zkimyosanoat” AJning talablariga mos kelmasligi sababli 370,0 mln. so'mlik shartnoma bekor qilindi.

Jamiyat va tizim korxonalari xodimlarda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni huquqiy ongni va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida komplaens xodimlari va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida 30 ta tushuntirish-profilaktik tadbirlari amalga oshirildi.

Yig'ilish so'nggida “O'zkimyosanoat” AJ va tizim korxonalarida fuqarolarni ishga olish jarayoni ochiq va shaffof bo'lishini ta'minlash maqsadida bir oy muddatda yangi tartib ishlab chiqish, kimyo sanoati korxonalari omborlarida mahsulotlarni saqlash va yuklash bo'yicha ochiq, shaffof bo'lishini va nazoratni ta'minlaydigan zamonaviy talablarga mos ravishda tizim yaratish bo'yicha qaror qabul qilindi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati