"O'zkimyosanoat" AJ

“Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparkida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi

// 21 April 2026 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/chirchiq-kimyo-sanoat-texnoparkida-yangi-ishlab-chiqarish-ko

“Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparki hududida zamonaviy “Piton Factory“ korxonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur korxona elektr energiyasini uzatish va taqsimlash tizimlari uchun moʻljallangan, zamonaviy energetika hamda sanoat infratuzilmasida keng qoʻllaniladigan mis va alyuminiy shinooʻtkazgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Loyihaning asosiy koʻrsatkichlari:

Tantanali ochilish marosimida Tatariston Respublikasi sanoat vaziri O. Korobchenko, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi O. Temirov, “Ximgrad” AJ bosh direktori A. Gizzatulin, shuningdek vazirlik va idoralar, biznes hamjamiyati vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida yangi ishlab chiqarishning hudud sanoatini rivojlantirishdagi strategik ahamiyati alohida taʼkidlandi. Korxonaning “Chirchiq” texnoparkida joylashtirilishi ayrim turdagi kabel-sim mahsulotlari importini qisqartirish imkonini yaratadi.