"O'zkimyosanoat" AJ

“China Huanqiu Contracting & Engineering Co., Ltd” (HQC) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

// 26 October 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/china-huanqiu-contracting-engineering-co-ltd-hqc-kompaniyasi

Joriy yilning 21-oktabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ va Xitoyning  “China Huanqiu Contracting & Engineering Co., Ltd”  (HQC) kompaniyasi vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun: HQC China National Petroleum Corporation (CNPC)ning shoʻba korxonasi boʻlib, qurilish, texnologik jarayonlarni litsenziyalash, uskunalar ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, sanoat obyektlarini modernizatsiya qilish va moliyalashtirish boʻyicha kompleks xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashgan.

Muzokarada tomonlar “Polivinilxlorid (PVX) va kaustik soda ishlab chiqarishni tashkil etish 2-bosqich”, “Ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish” va “Sirka kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish” kabi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi. Bundan tashqari,  “Oʻzkimyosanoat” AJ va HQC vakillari boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda, jumladan, vinilatsetat, butandiol va boshqa talab yuqori boʻlgan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar mazkur yoʻnalishdagi qoʻshma ishlarni amalga oshirish, loyihalarning texnik va iqtisodiy koʻrsatkichlarini optimallashtirish, moliyalashtirish, shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ texnik mutaxassislarining Xitoy hududidagi mavjud sanoat maydonlariga tashrifini tashkil etish masalalari boʻyicha kelishib olishdi. 

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati