"O'zkimyosanoat" AJ

Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 11-iyun sanasidagi savdo yakunlari

// 11 June 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/birja20240611

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 11-iyun sanasidagi yakuni boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 11-iyun kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali jami 15 704,9 tonna 44 355,9 mln soʻmlik mineral oʻgʻitlar sotildi. O‘tgan kuni bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 10-iyun kuni 44 554,9 mln soʻmlik 15 258,4 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli oʻgʻitlar, superfosfat azot-fosforli oʻgʻit kabi mahsulotlar qoʻyildi. Savdoga qoʻyilgan mineral oʻgʻitlardan ammiakli selitra eng koʻp sotilgan mahsulot boʻlib, sotuvning 62,9 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral oʻgʻitlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qoʻllanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kalsinatsiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qoʻyib boriladi.

11-iyun kuni jami 3883,9 mln soʻmlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. O‘tgan kuni bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 10-iyun kuni 2546,3 mln soʻmlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotilgan. Sotuvning asosiy qismini, yaʼni 33 foizini kaltsinatsiyalangan soda mahsuloti tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “Oʻzkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi boʻyicha barcha maʼlumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi boʻyicha taklif va eʼtirozlaringiz boʻlsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Ozkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati